Endi ko‘proq xalq manfaatlarini himoya qilishimiz, odamlar dard-u tashvishi bilan yashashimiz kerak

24.12.2018, 18:42

Endi ko‘proq xalq manfaatlarini himoya qilishimiz, odamlar dard-u tashvishi bilan yashashimiz kerak

Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi viloyat ahliga katta quvonch bag‘ishladi, ertangi kunga ishonchini mustahkamladi. Boisi, davlatimiz rahbari odamlar bilan dildan muloqot qildi, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi, aholining yashash tarzi bilan tanishdi.

Prezidentimiz muloqotlar chog‘ida birni ikki qilish uchun har bir rahbar, har bir yosh har kuni o‘qishi, o‘zini qiynashi, izlanishi kerakligini ta’kidladi. Har bir rahbar faoliyatiga yangicha yondashib, ko‘proq vaqtini odamlar orasida o‘tkazishi kerakligini aytdi. To‘g‘ri, endi yangicha tizimda ishlamasak, o‘zimizni qiynamasak, birov kelib ishimizni qilib bermaydi, xalqimiz bizdan rozi bo‘lmaydi. Chunki hozir qattiq mehnat qilib, mashaqqat chekadigan paytimiz.                

Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida viloyat va tuman hokimliklari, sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishida deyarli har kuni farmon, qaror chiqayotgani, ularning ustidan tashkilotlar, ekspertlar oylab, hatto yillab ishlayotgani, bu ish azobligini, lekin ularni amalga oshirish o‘n karra azobligi haqida gapirdi. Haqiqatdan ham bu o‘zgarishlar, bu islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Buning zamirida qancha mashaqqat va mehnat yotibdi.

Ayniqsa, ijro hokimiyati vakillari bu hujjatlar ijrosini ta’minlash uchun kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlayapti. Lekin bu islohotlarga befarq qarab tomoshabin bo‘lib turishga, “men uchun kimdir qilib beradi”, degan kayfiyat bilan yashashga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, bugun xalq noiblari zimmasiga katta vazifalar yuklanyapti. Odamlar o‘z muammolarini deputatlar orqali hal bo‘lishiga ishonyapti, ularga katta ishonch bildiryapti. Shunday ekan,  endi ko‘proq xalq manfaatlarini himoya qilishimiz, odamlar dard-u tashvishi bilan yashashimiz kerak.         

Abdisalim MO‘MINOV,

 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP

deputatlik guruhi a’zosi

  • Ko'rildi
    983
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ўлмасжон Пайзиев Халқ депутатлари Қарши туман Кенгашидаги OzLiDeP Депутатлик гуруҳи билан ишлаш бўйича ижрочи котиб2018-12-26 15:53:13

Президентимизнинг вилоятимизга ташрифлари давомида сўзлаган танқидлари мен учун жуда аҳамиятли бўлди. Ушбу танқидлар, бизнинг келажакдаги ишларимизда янада муваффақиятларга эришишимизга ва энг муҳими вилоятимиз, мамлакатимиз ривожланишига ҳисса қўшади деган фикрдаман.


Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-12-26 12:43:16

Албатта бу жараёнларда ёшларимиз ҳам четда турмайди. Тадбиркор ва ташаббускор ёшлар бугун ўзгаришлар даврига кирган замонга жуда керак!


Халқ депутатлари Қарши туман Кенгаши депутатиТурсунов Дилшод2018-12-25 14:22:56

Президентимизнинг Қашқадарё вилоятига ташрифи доирасида вилоят фаоллари билан учрашуви давомида айтиб ўтилган ҳар бир фикр ва таҳлилий танқидлари вилоят аҳлини айниқса маҳаллий Кенгаш депутатларини бефарқ қолдирмаслиги керак. Маърузадаги келтирилган ишсизлик, тоза ичимлик суви, тиббий хизмат кўрсатиш, МТМ каби ижтимоий соҳалар бундан ташқари инвестиция олиб кириш, туризимни ривожлантириш умуман тадбиркорлик йўналишлари бўйича депутатлик назоратини кучайтиришни талаб қилади.


Рахматов Алибек Қашқадарё вилоят Кенгаши БПТ билан ишлаш гуруҳи раҳбари2018-12-25 11:51:17

Президентимизнинг Қашқадарё вилоятига ташрифи вилоятда янги иш уринлари яратилиши, иқтисодий ривожланиши ва фуқароларнинг турмуш даражаси ошишига туртги бўладиган лойихалар тақдимоти бўлди, Янги истиқболли лойиҳаларнинг тамал тоши қўйилди.


Fikringizni qoldiring

+