“Muborak paypoq tekst”dagi maslakdoshlarimiz soni 255 nafarga yetdi

24.12.2018, 18:48

“Muborak paypoq tekst”dagi maslakdoshlarimiz soni 255 nafarga yetdi

O‘zLiDeP Muborak tuman Kengashi “Muborak paypoq tekst” fabrikasida Prezidentimizning 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mohiyatiga bag‘ishlagan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, eksport hajmini keskin oshirish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilot va korxonalar bilan shartnomalar tuzish masalalari muhokama qilindi.

– Korxonamiz 2017 yilda faoliyat boshlagan. Hozirda korxonamizda 210 nafar xotin-qiz mehnat qilyapti, – deydi “Muborak paypoq tekst” smena boshlig‘i A.Egamberdiyev. – Asosan to‘qima paypoqlar ishlab chiqaramiz. Mahsulotlarimiz asosan ichki bozorda xaridorgir. Mazkur qaror esa mahsulotlarimizni eksport qilishda keng sharoit yaratadi. Zero, jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish uchun bizda yetarli imkoniyatlar bor.

Ta’kidlash kerak, mazkur korxonada joriy yilning yanvar oyida O‘zLiDePning quyi bo‘g‘ini tashkil etilgan va 203 nafari xodim partiya a’zoligiga qabul qilingan edi.

Tadbir so‘ngida korxonaning yana 52 nafar ishchi-xodimi partiya safiga qabul qilinib, ularga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

Alibek RAHMATOV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi BPT bilan

ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1621
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тулкин Турдиев2018-12-25 11:39:05

Муҳтарам Президентимиз чегарадош мамлакатлар билан яхши қўшничилик сиёсатини олиб бораётганлари замирида ҳам, миллий маҳсулотларимизни сотувини йўлга қўйиш, экспортни ривожлантириш муҳим ўрин тутмоқда. “Муборак пайпоқ текст” фабрикасидан юқори сифатли экспортбоп маҳсулотлар ишлаб чиқаришларини ва янги иш ўринлари яратилишида ғайрат билан фаолият юритишларини кутамиз.


Fikringizni qoldiring

+