Tarbiya go‘daklikdan boshlanadi, kasbga o‘rgatish – yoshlikdan
25.12.2018, 18:20

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Qiziltepa tumanidagi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “Tarbiya go‘daklikdan boshlanadi, kasbga o‘rgatish – yoshlikdan” shiori ostida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
–Farzandlar har tomonlama barkamol, ma’naviyati boy, yuksak axloq sohibi bo‘lib voyaga yetishida ota-onaning o‘rni katta, – deydi O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi apparat rahbari Muhammadjon Eshniyozov. – Ota-ona qanchalik savodli, keng dunyoqarashli bo‘lsa, farzand ham shu qadar ma’naviyatli bo‘lib voyaga yetadi. Demak, bugun farzandimiz tarbiyani buzadigan odatlarga vaqt ajratmasligi uchun har bir ota-ona, avvalo o‘zi mas’ul ekanini unutmasligi lozim.
Tadbirda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifasi ekani qayd etildi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va rag‘batlar
21.01.2021, 10:18
-
Konstitutsiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori
09.12.2020, 10:28
-
Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
02.12.2020, 16:29
-
Qoraqalpoq xalqi hayotining real yaxshilanishiga erishish – asosiy maqsadimiz
12.11.2020, 09:20
-
Yashirin iqtisodiyot: unga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir
04.11.2020, 10:33
Fikringizni qoldiring