Siyosiy o‘quvlar bizga nima beradi?

07.12.2017, 18:10

Siyosiy o‘quvlar bizga nima beradi?

Saida Umaraliyeva, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Matbuot xizmati xodimi:

-Bo‘lib o‘tayotgan 44 soatlik malaka oshirish darslari mavjud bilimlarimizni mustahkamlashga, siyosiy jarayonlarga erkin va to‘g‘ri munosabat bildira olishimizga, keyingi faoliyatimizda tadbirlarni sifatli va samarali tashkil qilishimizda ko‘maklashmoqda. Qonun ijodkorlari, siyosat olami yetakchilarining qiziqarli, dolzarb ma’ruzalari amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanayotgani biz uchun katta imkoniyat. Ayniqsa, psixolog va taniqli notiqlarning dars mashg‘ulotlaridan olgan bilimlarimiz ish davomida ko‘zlangan samaraga erishishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muyassarxon Umurzaqova, O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot bo‘limi mudiri:

-Dastlab darslarni boshlaganimizda, oramizda o‘z fikri to‘g‘ri bo‘lsada, ravon ifodalay olmaydigan, nutqiy kamchiliklaridan “qutila” olmayotgan, atrofidagilar, ayniqsa, auditoriya bilan munosabatlarda “til topish”ga qiynaladigan hamkasblarimiz borligiga guvoh bo‘lgandik. Ammo malaka oshirish kursining 4-kuni ko‘rdikki, shu kunga qadar o‘tilgan mashg‘ulotlar, amaliy, intellektual usullarga tayangan darslar o‘zini tamoman oqladi. Ayniqsa, elektorat yoki aholi qatlamlari bilan yakka tartibda qanday ishlash kerak, jamoa bo‘lganda natijaga qanday erishish lozim, degan og‘riqli savollarimizga ham javob topdik.

Guljaxan Seytnazarova, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Matbuot xizmati xodimi:

-Ochig‘i, dars mashg‘ulotlari bu darajada yuqori saviyada tashkil etilishini o‘ylamagandik. O‘tgan 4 kun davomida biz partiyamizning, qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyatiga chuqurroq kirdik, chuqurroq bilyapmiz. Bu biz uchun juda muhim. Chunki ertaga hududiy Kengashimizdagi elektoratimiz vakillarini o‘qitishda, ular uchun mashg‘ulotlarni tashkil qilishda bugungi olgan bilimlarimizga tayanamiz. Biz dars jarayonarida, amaliy mashg‘ulotlarda rahbariyat bilan, hamkasblar bilan, quyi tuzilmalar bilan, aholi bilan ishlashning samarali usullarini o‘rgandik.

Rustamjon Hakimov, O’zLiDeP Namanagan viloyat Kengashi Mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘limi mudiri:

-Mashg‘ulotlarning 3-kunida aynan bizni ko‘p qiynaydigan muammolarga yechim topa oldik. Ya’ni, Boshlang‘ich partiya tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, ularni partiya guruhlarida hal etish yoki mahalliy kengashlar sessiyalariga kiritish masalalarini tubdan o‘rgandik. Deputatlik guruhlari, doimiy komissiyalar faoliyati bevosita quyi tuzilmalar bilan bog‘liqligini hisobga olganda, biz uchun ayni mavzu juda ahamiyatli bo‘ldi. Murojaatni qanday o‘rganish kerak, deputatlik guruhlari bilan qay yo‘sin faoliyatni amalga oshirish muhim, ko‘rilayotgan masalalani sessiyagacha olib borish shartmi yoki tayanch bo‘g‘inlarda yechimini topish mumkinmi, degan savollarga batafsil javob topa bildik.

Zilola Rahmonova,

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Matbuot xizmati rahbari

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1838
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошкен Ёшлик ТШ " Ёш либераллар " грухи 2018-04-26 21:35:06

Ёшлар уртасида утказилган бундай семинарлар яхши натижа бериши аник.Бу келажакда етук сиёсат арбоби булишимизга катта ёрдам беради .Биз ёшлар бундаш ташаббусни куллаб куватлаймиз


Fikringizni qoldiring

+