O‘zLiDeP andijonlik tadbirkorlarga Prezident ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

25.12.2018, 18:27

O‘zLiDeP andijonlik tadbirkorlarga Prezident ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” mehmonxonasida Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etgan tadbirda ma’ruzada belgilangan vazifalar haqida tushunchalar berildi.

–O‘tayotgan yil sarhisobiga bag‘ishlangan tadbirda ma’ruzalardan cheklanib, natija va kamchiliklarga to‘xtaldik, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Tohirjon Tolipov. – Taklif etilganlar orasida partiya xodimlari bilan birga faol quyi tuzilmalar raislari, mahalliy kengash deputatlari ham bo‘lgani partiya oldiga qo‘yiladigan rejalarni muhokama qilish va bir to‘xtamga kelish imkonini berdi. Zero, hamjihatlik bor joyda ko‘zlangan natijaga tez erishiladi.

Tadbirda ma’ruzada belgilangan dolzarb vazifalar ijrosi bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Nozimjon ERGASHEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    989
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+