Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati namanganlik talabalar bilan uchrashdi

25.12.2018, 18:49

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  namanganlik talabalar bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi I.Xojiyev Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarga Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi  ma’ruzasi mohiyati tushuntirildi.

–Kelajak avlod kadrlari bo‘lmish yoshlarni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun jahon tajribalariga tayanib ta’lim berishimiz lozim, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I.Xojiyev. – Rivojlangan davlatlardagi OTMlarni mamlakatimizda filiallarini ochilishi, masofaviy ta’lim tiziminip joriy etilishi, maxsus jamg‘armalar tomonidan yoshlarga grand va stipendiyalarni ajratilayotgani bunga misol bo‘la oladi.

–Prezidentimiz ma’ruzada “bitti ishsiz – o‘nta muammo” deya alohida ta’kidladi, – deydi xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Sayfiddin Usainov. – Haqiqatdan ham ishsizlik masalasi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan sanaladi. Shu bois, bu borada institutning Energetika yo‘nalishi bitiruvchilari bilan “Ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz. Zero, bu orqali bitiruvchi talabalar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlanadi.

 Yulduz YuLDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengash

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+