Samarqand shahriga 9 oy ichida 239 mingdan ortiq sayyoh keldi

04.01.2019, 12:21

Samarqand  shahriga 9 oy ichida 239 mingdan ortiq  sayyoh keldi

Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Samarqand shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizimni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuxrat Sattarovning hisoboti eshitildi.  

–Joriy yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, Samarqand shahriga 1 mln. 560 mingga yaqin mahalliy, 239 mingdan ortiq xorijiy sayyohlar keldi, – deydi Sh.Sattorov. – Hozirda shaharda turistik oqimining sezilarli darajada ko‘payishini hisobga olib, 12 ta yangi investitsion loyihani hayotga tatbiq etyapmiz. Xususan, “Afrosiyob Palas” mehmonxonasini kapital rekonstruksiya qilish uchun Singapur davlatining “EXIM Investments Pte Ltd” kompaniyasi tomonidan 12 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Shuningdek, “Femili park” korxonasi tomonidan qurilayotgan “Sug‘diyona” istirohat bog‘ida Samarqandda ilk marotaba “Muz saroyi” hamda “Karting” klublari qurish bo‘yicha tizimli ishlar olib boryapmiz.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK direktori Furqat  Yusupovning hisoboti ham tinglandi.

Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1041
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+