O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

04.01.2019, 12:30

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

Samarqandda O‘zLiDeP viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda partiya viloyat Kengashining o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisob qilinib, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining XI Majlisi qarorining Samarqand viloyatidagi ijrosi  tahlil qilindi.

–Bugun saflarimizda vatanparvar va fidoyi insonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin ayrim partiya kengashlarida faoliyat yuritayotgan aksariyat xodimlarga mas’uliyat, yuqori iqtidor yetishmaydi, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi apparat rahbari I.Botirov. – Shu bois, kadrlar tayyorlashning samarali tizimini shakllantirish hali-hanuz kun tartibidagi muhim masala bo‘lib qolayotganidan ko‘z yummasligimiz kerak.

Yig‘ilishda shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining 2018 yildagi faoliyati yakunlari va 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi to‘g‘risida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘lim mudiri Nodir To‘rayevning ma’ruzasi tinglandi.

–Ochig‘ini aytish kerak, aksariyat deputatlarimiz o‘z faoliyatini yaxshi bilmaydi, ishga mas’uliyatsizlik bilan yondashadi, – deydi N.To‘rayev. – Endi mas’uliyatsiz, befarq, xalq dardi bilan qiziqmaydigan deputatlar bilan xayrlashish vaqti keldi. Bugungi deputatlarimiz xalq dardi bilan yashashi kerak. Zero, bugungi kun talabi shu.  

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi  matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев2019-01-07 10:49:25

Бу каби камчиликлардан 2019 йилда халос бўлиб, янги марраларни забт этишимиз ва сайловлар йилида партиямизнинг халқ ўртасида нуфузининг ошишига ҳар бир депутат, партия фаоли ҳаракат қилишимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+