O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etdi

04.01.2019, 15:17

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” xotin-qizlar o‘rtasida  musobaqa tashkil etdi

O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi Andijon maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

Unda shahardagi 20 dan ortiq tashkilot va tadbirkorlik sub’ektlari vakilalaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi.

–Bugungi sport musobaqasi jamoamiz uchun juda maroqli dam olish vaqti bo‘ldi, – deydi “Sarkor-hamkor” oilaviy korxonasi rahbari Gulnoza Mirzayeva. –Ayollarga mana shunday tadbirlar juda kerakligini bugun ularning yuzidagi, qalbidagi mamnunlikni ko‘rib yanada his qildik.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi bilan birga shijoatini ham yaqqol namoyon qildi.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, maxsusa kubok bilan taqdirlandi.

Jahongir JIYANOV,

O‘zLiDeP Andijon

shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    1153
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+