O‘zLiDeP deputati ko‘magida 85 xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi

08.01.2019, 17:28

O‘zLiDeP deputati ko‘magida 85 xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Avazbek Payg‘amov xalq ishonchini qozongan deputatlardan. Boisi, xalq noibi aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, partiya dasturiy maqsadlarini aholi orasida targ‘ib qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatyapti.

Masalan, yaqinda A.Payg‘amov o‘z mablag‘i hisobidan O‘zbekiston tumani, “Katta Qaynar” MFYda joylashgan Birlashgan ko‘chasida yashovchi 85 xonadon uchun 1 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortib berdi.

– Ko‘p yillardan buyon ichimlik suvi muammosidan aziyat chekamiz, – deydi shu hududda yashovchi Z.Oltmishev. – Shu bois, mazkur masala yuzasidan o‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatga murojaat qildik. Qarabsizki, oradan hech qancha vaqt o‘tmay xalq vakili o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan 1000 metrdan ko‘proq uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortib berdi. Buning uchun deputatdan minnatdormiz.

Ta’kidlash kerak, A.Payg‘amov shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandlikni ta’minlashdek xayrli ishlarga ham bosh-qosh bo‘lib kelayotir.

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Нафиса Султонхонова2019-02-05 16:24:00

манашундай депутатларнинг сафи ошиб бораверсин. халқни ишончини қозонган дуосини олган депутатнинг омади келаверади. Омад ёр бўлсин.


Bahodirjon 2019-01-13 01:31:35

SHunday iymoni but, pok vijdonli halq noiblari ko‘paysin ilohim!


Fikringizni qoldiring

+