Joriy yilda Uchqo‘rg‘onda 4 xususiy MTM ochiladi

08.01.2019, 17:41

Joriy yilda Uchqo‘rg‘onda 4 xususiy  MTM ochiladi

O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi tuman maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘limida “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir”  mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mohiyati haqida to‘xtalib, keyingi ikki yilda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaxshi samara berayotganini ta’kidlashdi.

–Davlatimiz rahbarining ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish bo‘yicha bildirgan fikrlari juda o‘rinli bo‘ldi, – deydi tuman maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘limi mudiri Dilorom Esonbayeva. – Chunki yosh avlod tarbiyasi, ularning teran aql-idrok, yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lib kamol topishida maktabgacha ta’lim tizimining o‘rni katta. Shundan kelib chiqib, joriy yilda tumanda 4 xususiy MTM ochish rejalashtirilyapti. Zero, bu orqali hududda bolalarni bog‘chaga qamrab olish 32 foizdan 38 foizga ko‘payadi.

Eslatib o‘tamiz, Murojaatnoma mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1458
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+