Oltinko‘llik deputatimiz 3- va 31-umumta’lim maktabining isitish tizimidagi nosozlikni barataraf etishga homiylik qildi

08.01.2019, 17:50

Oltinko‘llik deputatimiz 3- va 31-umumta’lim maktabining isitish tizimidagi nosozlikni  barataraf etishga homiylik qildi

Bugun Saroy va Qoraqalpoq saylov okrugidagi 50 ta xonadon farzandlarining quvonchlari cheksiz. Boisi, bu bolajonlarga Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashiga mazkur okrugdan deputatlikka saylangan Begali Azimov turli sovg‘alar ulashdi.

–Deputatlikka nomzod tanlashda adashmabmiz,– deydi “Saroy” MFY maslahatchisi Irodaxon Xalilova. – Chunki B.Azimov hududimizdagi har bir oilaning quvonchu tashvishlariga biz bilan yelkadosh bo‘lib sherik bo‘ladi. Vakolati doirasidagi barcha ko‘maklarini ayamaydi. Ayniqsa, bayram arafasida bugungiday yo‘qlovlarni unutmaydi.

Shuningdek, deputat shu kuni O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi bilan birga tumandagi 3- va 31-umumta’lim maktablarining isitish tizimidagi nosozlikni barataraf etishga homiylik qildi.

Xusnora ABDULLAYEVA,

O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    1043
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+