Jizzaxlik partiyadoshlarimiz “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” Davlat dasturi loyihasini muhokama qildi

12.01.2019, 14:05

Jizzaxlik partiyadoshlarimiz “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” Davlat dasturi loyihasini muhokama qildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Mirzacho‘l tuman musiqa va san’at maktabida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Unda partiya viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengashlarga partiyadan saylangan deputatlar, partiya faollari, o‘quvchi- yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

–Murojaatnomada bildirilgan fikrlar har birimizni faollikka, jamiyatda kechayotgan jarayonlarga befarq bo‘lmaslikka undaydi, – deydi Mirzacho‘l tuman musiqa va san’at maktabi direktori K.Kattakishiyeva. – Boisi, davlatimiz rahbari biz, pedagoglar zimmasiga ham katta vazifalar qo‘ydi. Albatta, ta’lim sohasidagi islohotlarga, biz, murabbiylar tomoshabin bo‘lib turishimiz mumkin emas. Demak endi eskicha ta’lim tizimidan chekinib, amaliy ishlarga o‘tishimiz darkor.

Tadbirda shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi ham muhokama qilindi. “Obod qishloq”, “Yoshlar keljagimiz” Davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator takliflar berildi.

 Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    416
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+