O‘zLiDeP Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchqo‘rg‘onlik yoshlar o‘rtasida chim ustida xokkey musobaqasi tashkil etdi
12.01.2019, 14:13
O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabat bilan tumandagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida yoshlar o‘rtasida chim ustida xokkey musobaqasi tashkil etdi.
Unda tumandagi 20-DMI, Namangan sport o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabi hamda 5-BO‘SM o‘quvchilaridan iborat 10 jamoa o‘zaro bellashdi.
– Bo‘lg‘usi vatan himoyachilarini har tomonlama sog‘lom, jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqtirishda bu kabi musobaqalar katta ahamiyatga ega, – deydi viloyat hakkey federatsiyasi rahbari Nosirjon Davronov. –Shu maqsadda tashkil etilgan mazkur musobaqa esa yoshlarni ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalashda muhim omil bo‘ladi.
Musobaqa yakunida shunqorlar jamoasi 1-o‘rin, yosh chempiyonlar jamoasi 2-o‘rin, yangi yulduzlar jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Yulduz YuLDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Fikringizni qoldiring