Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir

12.01.2019, 14:15

Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzuida tadbir tashkil etdi. 

Tadbirda keyingi yillarda milliy armiyani izchil qurish va isloh etish Qurolli Kuchlarning qiyofasi, tashkiliy tuzilishi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi, harbiy kadrlarni tayyorlashni tubdan o‘zgartirishga, qo‘shinlarni qurol-aslaha va texnikaning eng yangi namunalari bilan ta’minlashga imkon bergani ta’kidlandi.  

–Vatanni himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqorasini burchi hisoblanadi, – deydi kichik serjant Lobar Ohunova. – Zero, vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir. Shu bois, vatanimiz himoyasi yo‘lida xizmat qilayotganimdan judayam faxrlanaman.

Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Murodjon O‘RINOV,

 OʻzLiDeP Toshkent

shahar Kengashi

 matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1984
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Amir 2021-09-18 11:16:08

Zo‘r mard topqir


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-01-12 16:45:08

Бу каби маърифий тадбирларнинг кенг жамоатчилик ўртасида кўплаб ва доимий ўтказилиши биринчидан, кенг халқ оммаси ўртасида партиямиз ғояларининг кириб боришига ижобий таъсир ўтказса, иккинчидан, ёшларни ватанпарварлик, миллий анъана ва қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялаш, маънавий етук ва жисмонан соғлом баркамол авлодни вояга етказиш ишида муҳим аҳамият касб этади.


Fikringizni qoldiring

+