Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

14.01.2019, 12:32

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

O‘zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi tuman hokimligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” shiori ostida tadbir tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, afg‘on urushi qatnashchilari, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy talablarga javob beradigan milliy armiyamizning sarhadlar daxlsizligi hamda osoyishta hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

–Keyingi yillarda mamlakatimizda yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga  alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O‘zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi apparat rahbari Yu.Matkarimov. –Natijada milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jangovar kuchga aylanib bormoqda.

Tadbir yakunida afg‘on urushi qatnashchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    6743
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Shuhrat2021-10-14 20:13:14

Sizlar bizni vatani qo'riqlaysiz sizlarni yaxshi ko'ramiz


Fikringizni qoldiring

+