Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabi

14.01.2019, 12:45

Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabi

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi Zangiota tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan shu mavzuda tadbir tashkil etdi.

Tadbirda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samara berayotgani, muddatli harbiy xizmatga jismonan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyatli yoshlar saralab olinayotgani, harbiy xizmatga yoshlarning qiziqish va intilishi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

– Dunyoda kasblar, hunarlar ko‘p. Ammo ular orasida eng muqaddas sharafli kasb bu – ona vatanni himoya qilish, uning sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrashdir, – deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Davron Kamoliddinov. –Shu boisdan bunday kasb egalarini har qancha e’zozlasak, ardoqlasak arziydi. Zero, tinchlik hukumron yurtda inson buyuk ezgu orzularni ko‘ngliga tugadi.

Axror TUYChIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    2405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+