Vatan himoyasi – ulkan sharaf va mas’uliyat

14.01.2019, 12:49

Vatan himoyasi – ulkan sharaf va mas’uliyat

O‘zLiDeP Pop tuman Kengashi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Vatan himoyasi – ulkan sharaf va mas’uliyat” mavzuida tadbir tashkil etdi.

Tadbirda mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, xalqimizning faravon hayotini ta’minlashda Qurolli Kuchlarimizni fidokorona, mashaqqatli va sharafli faoliyatilari yoshlarga namuna bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari betakror yurtimiz sarhadlari, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishda yuklatilgan barcha vazifalarni puxta va sifatli amalga oshirmoqda, – deydi 9250 harbiy qism askari Olmos Qodirov. – E’tiborlisi, keyingi yillarda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-asharoitlar natijasida chegarachi harbiy xizmatchilar kechayu kunduz xizmatlarini sergaklik bilan olib bormoqda.

Tadbirda ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1696
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+