Guliston va Bo‘ston MFYda tashkil etilgan sayyor qabulda 15 muammo joyida hal etildi

15.01.2019, 15:30

Guliston va Bo‘ston MFYda tashkil etilgan sayyor qabulda 15 muammo joyida hal etildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Guliston va Bo‘ston mahallalari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Unda partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ullari, tuman Adliya bo‘limi, moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolardan asosan, uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj, ishga joylashish, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish, kredit mablag‘i olish, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. 

– Muloqot jarayonida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechimi topildi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Muzaffar To‘xtasinov. – Masalan, aholi tomonidan kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatdan 15 tasi joyida hal etildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar qo‘yildi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1318
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+