Kattaqo‘rg‘onlik yoshlarga Prezident Murojaatnomasi targ‘ibot qilindi

15.01.2019, 15:32

Kattaqo‘rg‘onlik yoshlarga Prezident Murojaatnomasi targ‘ibot qilindi

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi hududdagi “Nokus” MFYda Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Furqat Nadjimov Murojaatnomaning mazmun-mohiyati haqida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berdi.

–Murojaatnomada yoshlar hayotiga doir ko‘plab dolzarb vazifalar belgilab berildi, – deydi  F.Nadjimov. – Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasi, ularning teran aql-idrok, yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lib kamol topishida siyosiy partiyalarning o‘rni, yoshlarni turli oqim va illatlar ta’siridan asrash borasida mas’uliyatini oshirish bo‘yicha bildirgan fikrlari juda o‘rinli bo‘ldi. Endi mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy kirishish lozim. 

Tadbirda yoshlarga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi haqida ham ma’lumotlar berildi, bu borada yoshlarning takliflari olindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1088
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-01-15 18:09:22

Президентимизнинг Олий Мажлисга қилган Мурожаатномаси тарғиботига бағишланган тадбирларни ташкил этиш, бу борада амалий ишларни олиб бориш партиямиз ҳар бир фаолининг, партиядан сайланган ҳар бир депутатнинг доимий иш бўлиши зарур ва шарт! Бу борада Каттақўрғонлик партиядошларимиз томонидан олиб борилаётган ишлар таҳсинга сазовор.


Fikringizni qoldiring

+