O‘zLiDeP deputati Sarvontepa mahallasiga yangi transformator o‘rnatishda ko‘maklashdi

15.01.2019, 15:36

O‘zLiDeP deputati Sarvontepa mahallasiga yangi transformator o‘rnatishda ko‘maklashdi

Andijon shahridagi Sarvontepa mahallasi “Berk Paxtachi” ko‘chasi aholisi bugun O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Jahongir Jiyanov ko‘magidan mamnun. Boisi, bundan bir oy avval elektr tokining qisqa to‘qnashuvi tufayli mazkur ko‘chaning transformatori nosoz holatga kelib qolgan. Natijada aholi qishning izg‘irinli kunlarida elektrsiz yashashga majbur bo‘layotgan edi.

–Deputatga murojaatimiz e’tiborsiz qolmaganidan xursandmiz, – deydi shu ko‘chada yashovchi N. Ibragimov. – Juda tez fursatda yangilangan transformator tufayli bugun uylarimiz issiq, chirog‘imiz o‘chmayapti. Fuqarolar manfaatini o‘z manfaati deb bilguvchi deputatdan minnatdormiz.

Ta’kidlash kerak, deputat tomonidan mutasaddi tashkilotga yuborilgan so‘rov o‘z vaqtida va o‘z joyida ijobiy yechim topgani bugun bir ko‘cha xonadonlarini charog‘on etmoqda.

Diyorbek ABDUSAMATOV,

O‘zLiDeP Andijon shahar kengashi

ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    455
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+