O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlariga Prezident Murojaatnomasi mohiyatini tushuntirdi

15.01.2019, 15:38

O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlariga Prezident Murojaatnomasi mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi. 

Tegishli soha vakillari, partiya viloyat Kengashi xodimlari hamda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi vakillari ishtirok etgan tadbirda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi ham muhokama qilindi.

–Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish 2019 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarimizdan sanaladi, – deydi Namangan viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Hilola Yusupova. – Ayni paytda viloyatimizda 544 davlat MTM va 118 nodavlat MTM faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda bolalarni bog‘chaga qamrovini  kengaytirish maqsadida yana 120 xususiy MTMni tashkil etish rejalashtirilgan.

Tadbirda partiya bilan hamkorlikda MTBning shahar va tuman bo‘limlarida ham targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1547
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+