O‘zLiDeP deputati Xiva tumanidagi 16-sonli maktabda sport zali va ma’naviyat zali qurish bo‘yicha so‘rov yubordi

15.01.2019, 15:40

O‘zLiDeP deputati Xiva tumanidagi 16-sonli maktabda sport zali va ma’naviyat zali qurish bo‘yicha so‘rov yubordi

O‘zLiDeP Xiva tuman Kengashi tumandagi Soyot qishlog‘i, “Soyot” MFY aholi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Unda tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, partiya va mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qabulda ishga joylashish, kredit mablag‘i olish, elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yangi MTM qurish va boshqa masalalarga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Xususan, 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sanobar Jabborova o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan maktab 540 o‘ringa mo‘ljallangani, lekin hozirda 878 nafar o‘quvchi ta’lim olayotganini bildirdi. Shuningdek, yoshlar uchun sport zali va tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan ma’naviyat zallari yo‘qligini aytib, shu masalada ko‘mak so‘radi.

Uning murojaatini xalq noibi M.Bekchanov o‘z zimmasiga olib, tegishli tashkilotlarga so‘rov yubordi.

Uchrashuvda shu hududda yashovchi Otaboy Boltayev davlatimiz rahbarining to‘ylarni ixchamlashtirish zarurligi haqidagi so‘zlariga qaramay to‘y-marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha dabdabaga yo‘l qo‘yilayotganini aytib, to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish taklifi bilan chiqdi.

Mazkur taklifni tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Norbayev hamda Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman bo‘limi vakili A.Xudaybarganovlar qo‘llab-quvvatlab, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishga harakat qilishlarini ma’lum qilishdi.

Shuxrat ATAJANOV,

O‘zLiDeP Xiva tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    1149
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+