O’zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida Qorao‘zak tuman moliya bo‘limi rahbarining hisoboti tinglandi

11.12.2017, 16:52

O’zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida Qorao‘zak tuman moliya bo‘limi rahbarining hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda mahalliy budjetining joriy yilning 9 oy yakuni bo‘yicha tuman Moliya bo‘limi rahbari D.Pirniyazovaning hisoboti tinglandi.   

Yig‘ilishda asosan tuman mahalliy budjetining 2017 yilning 9 oy sarhisobi, barcha sohalarda olib borilgan ishlar aniq misollar bilan keltirib o‘tildi.  

Hisobotda ta’kidlaganidek, subvensiyadan chiqarish asosan sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta tayyorlash korxonalarini ochish bo‘yicha loyihalarning bajarilishi hisobidan budjetga qo‘shimcha daromadlar olish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, shundan tuman bo‘yicha jami 70 ta sanoat va servis xizmatlarini ko‘rsatish korxonalarini ochish va 15 korxonani modernizatsiya qilish loyihalari ko‘zda tutilgan. Rejadan tashqari 3 ta korxona ortig‘i bilan bajarilib, shundan sement ishlab chiqarish “Qoraqalpoq sement” korxonasi ochilib ishga tushirilgan. 

Yuqoridagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini ishga tushirish va korxonalarni modernizatsiya qilish hisobidan 460 yangi ish o‘rinlari ochilib, mahalliy budjetga 781,2 mln so‘m qo‘shimcha daromadlar shuning bilan birga yiliga 200 mln tonna ishlab chiqarish “Titan sement” sement ishlab chiqarish korxonasi ham 2018 yil yanvar oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Subvensiyadan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarilgan dasturning bajarilishini ta’minlash maqsadida tumanda yangidan ochiladigan barcha yirik va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga barcha sharoitlarni yaratish, shuning bilan birga yakka tadbirkor sonini yanada ko‘paytirish choralarini ko‘rish, ularning bajarilishi ustidan nazorat ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish davomida yuqoridagi ko‘rilgan masalalar bo‘yicha deputatlar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib, ular yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

P.Ansatbayev

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    1452
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+