O’zLiDeP faollari Bosh qomusimiz 25 yilligini keng nishonlamoqda

11.12.2017, 17:19

O’zLiDeP faollari Bosh qomusimiz 25 yilligini keng nishonlamoqda

O’zLiDeP Taxtako‘pir tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan Bosh qomusimizning ahamiyatini, mazmun-mohiyatini keng ommaga tushuntirish, o‘tgan qisqa vaqt ichida mamlakatimizda olib borilgan tub islohotlar va yangilanishlar, Bosh qomusimizning har bir moddasida inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish asosiy vazifa ekanligi qayd etildi.

Ayni paytda Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning mustahkam qonuniy kafolati bo‘lib xizmat qilayotganligi tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.

Konstitutsiyamizning har bir moddasida inson manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligi aks etgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 41-moddasida: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi” deb yozib qo‘yilgan.

Konstitutsiyamiz mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish va uning samaradorligini oshirish, barkamol avlodni tarbiyalash, davlat va jamiyat boshqaruvida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ta’lim tizimini isloh qilish, yoshlar harakati va tashkilotlarini rivojlantirish yo‘nalishlarida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ham mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarning Konstitutsiyamizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga, Vatanga sadoqat, hurmat ruhida tarbiya topishiga, talabalarning huquqiy ongi va bilimlarini yuksaltirishga katta xizmat qiladi.      

G.Raxmanova  

Xalq deputatlari Taxtako‘pir  tuman kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhlari  bo‘yicha ijrochi kotib.

  • Ko'rildi
    2204
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Салимов Юнус O‘zLiDeP Косон туман Кенгаши ижрочи котиби2021-02-23 15:28:04

Инсоннинг асосий ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш Ўзбекистондаги ислоҳотларда энг муҳим ўринда туради. Ўзбекистон Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгаш аъзоси сифатида халқаро ҳуқуқнинг инсон ҳуқуқларига оид умум эътироф этилган принцип ва нормаларини қатъий ҳимоя қилади ва фаол илгари суришини яна бир бор таъкидлагани бу борада Ўзбекистон ўзининг қаттий пазитсияга ега эканлигидан далолат беради кейинги йилларда олиб борилаётган ислохотлардан хам буни англаш мумкин.


Fikringizni qoldiring

+