Qomusimiz - baxtimiz

11.12.2017, 17:45

Qomusimiz - baxtimiz

Yangiyer shahar akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan “Qomusimiz-baxtimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar Kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlash, ularni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbirda qayd etilganidek, mustaqil davlatchilikning belgisi hisoblanmish Konstitutsiya, avvalo, millatning yuzi, halqning erkin ifodasi, jamiyat taraqqiyotining asosidir. Tom ma’noda, yangi demokratik davlat barpo etish maqsadida qabul qilingan Konstitutsiyamizning g‘oyasi, asosiy prinsip va qoidalari umume’tirof etilgan halqaro talablar bilan birga, xalqimizning ming yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlarini ham o‘zida mujassam etgan.

Mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari qatori yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, oila qurishi, yashash joylariga ega bo‘lishi kabi bir qator masalalar davlat tomonidan kafolatlash va qondirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar tizimi amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

Bugungi tadbirimizda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan yoshlarga oid huquq va erkinliklar, davlat va jamiyat oldidagi burch va vazifalar, majburiyatlar targ‘iboti samaradorligini yanada oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi, deydi O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi apparat rahbari Nurbek Razzoqov. Zero, mamlakatimizda erishilayotgan barcha yutuq va marralar, yosh avlodimiz xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlar zamirida asosiy qonunimizda belgilangan huquq va kafolatlar ifodasi mujassam. 

Tadbirda mazkur akademik litsey o‘quvchilari tomonidan Bosh qomusimizga cheksiz hurmat va iftixor tuyg‘ulari ifodalangan she’rlar o‘qildi, mutaxassislar tomonidan tayyorlangan viktorina savollari esa o‘quvchi-yoshlarning bilimlari yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Eng faol qatnashgan yoshlarimiz partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bosh qomusimizga bag‘ishlangan tadbirlar joylarda davom etmoqda.    

Husan Jabborov,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    2818
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+