Tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinsa tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlari bo‘yicha foizlari davlat tomonidan qoplanadi

21.02.2019, 22:05

Tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinsa tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlari bo‘yicha foizlari davlat tomonidan qoplanadi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik tarmog‘i shakllantirildi. Xususan, joylarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Samarqand viloyatida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. “8-mart” MChJ, “BOFANDA” MChJ, “Daka teks” MChJ va “Daka” MChJlar kabi yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari faolyati tobora kengayib, sohada yangi korxonalar tashkil qilinmoqda. Natijada  tayyor trikotaj mahsulotlari eksporti yildan yilga oshib bormoqda. Shuningdek, paxta to‘qimachilik klasterlari tashkil etilib, joriy yildan viloyatda paxta yetishtirish to‘liq paxta to‘qimachilik klasterlariga berildi.

Prezidentimizning 2019 yil 12 fevraldagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Qarorga ko‘ra 2019 yil 1 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi 2019-2021 yillarda tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydigan bo‘ldi. Buning sharti – ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinishi kerak. 

Foizlar quyidagi tartibda qoplanadi:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish (tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan holda;
  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish)maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.

Yana bir muhim masala mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etishi belgilandi.

2019 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniyalarning o‘quv-ishlab chiqarish klasteri ishtirokida ishlab chiqarish ob’ektlarida ta’lim jarayonini bevosita amalga oshirishni tashkil etish choralari ko‘riladi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kadrlarining buyurtmachilari bitiruvchining bazaviy kontrakt to‘lovini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, to‘rtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida to‘lab bergan taqdirda bitiruvchining buyurtmachi korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati to‘g‘risida shartnoma tuzilishi tartibi belgilanadigan bo‘ldi. Aynan kelajak faoliyatini to‘qimachilik sanoati bilan bog‘lagan yoshlarimiz uchun bu qulay imkoniyat bo‘lsa, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun esa yetuk kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim hisoblanadi.

Qodir ShOYIMOV

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1566
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-02-24 12:14:01

ТТўқимачилик ва тикув-трикотаж бўйича жаҳон бозорида рақобатбардош тайёр маҳсулот ишлаб чиқаришни рағбатлантириш ва уни ривожлантириш -мамлакат иқтисодиётини кўтариш, иқтисодиётни кўтариш асносида эса халқнинг ижтимоий-моддий фаровонлиги ошириш демакдир. Шу нуқтаи назардан қараганда Президентимизнинг 2019 йил 12 февралдаги “Тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатини ислоҳ қилишни янада чуқурлаштириш ва унинг экспорт салоҳиятини кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори бу борадаги ишларнинг янги босқичини бошлаб берди.


Fikringizni qoldiring

+