Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘ringa ega

12.12.2017, 15:36

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘ringa ega

Begali MUHAMMADAMINOV,

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi “Ibrat zar zamini” fermer xo‘jaligi rahbari:

Istiqlol yillarida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar amalga oshirildi, mulkchilikka keng yo‘l ochib berildi va xususiy tadbirkorlik va fermerlik harakati rivojlandi. 

Prezidentimizning 2017 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, yosh fermerlar haqida fikr bildirdi. Xususan, mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgani, 12 mingdan ziyod fermer xo‘jaligiga 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar rahbarlik qilayotgani ta’kidlandi. Fermerlik harakatida yosh rahbarlarning faol ishtirok etishi, innovatsion texnikalarni keng joriy qilish – samaradorlikni oshirdi. Zamonaviy bilimga va mustaqil fikrga ega bo‘lgan yoshlar fermerlik harakatini rivojlantirishda zamon talablari va chet el tajribasidan foydalanib, yuqori hosil olishga erishmoqdalar.

 Niyozali BERDIMURATOV,

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi “Turob Berdimurodov” fermer xo‘jaligi rahbari:

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayram sifatida nishonlanishi men kabi yosh fermerlarni albatta quvontiradi. Bu esa tadbirkor dehqonlarga bo‘lgan etiborning yana bir namunasidir.

Kuni kecha Prezidentimizning qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida “Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi” – deya takidlagani hamma qatori biz yosh fermerlarni ham ruhlantirib yubordi. 

Joriy yilda, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilinib, 2 ta yangi qo‘mita va 3 ta uyushma tuzilganligi, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirish borasida muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muxtaram Prezidentimizning ma’rzularida 724 ming tonna ho‘l meva xorijga eksport qilinganligi bu 20 % harakat bo‘lib, agar 60 % harakat qilinsa katta miqdorda daromad ko‘rishimiz mumkinligi takidlandi.

Shu bois men ham ushbu ma’ruzadan so‘ng, oldimga  yangi rejalar qo‘ydim. Xususan, kelgusida 70 sotix yer maydoniga sitrus mevalar, 30 sotix yer maydonga issiqxona tashkil etib, eksportbop pomidor va bodiring navlarini yetishtirishni 14 gektar yer maydoniga esa eksportbop karam va uzum navlarini yetishtirishni maqsad qildim.

Yurtboshimiz bizga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Biz bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib eksportbop mahsulotlarni yetishtirashimiz va aholini ish bilan taminlashimiz zarur.

Sarvinoz ShOKIROVA,

Sirdaryo viloyati Guliston tumani Sarvinoz Sobirjonovna fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari:

Yoshligimdanoq yerga bo‘lgan mehrim bo‘lakcha edi. Shuning uchun ham kollejni tamomlagach dehqonchilikni boshlash maqsadida davlatdan yer oldim va fermer xo‘jaligimni yaratdim, eng mashaqqatli va shu bilan birgalikda sharafli bo‘lgan dehqonchilik  faoliyati bilan shug‘ullana boshladim.

 Bugungi kunda fermer xo‘jaligimizning umumiy yer maydoni 46 gektarni tashkil etib, shu bilan birgalikda 30 nafar kishi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan.

Yurtboshimiz tomonidan qaratilgan yuksak etibor biz kabi yosh fermerlarni ruhlantirdi va shu bilan birgalikda ulkan masuliyatni talab qiladi.  

Joriy yilda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan yosh fermer” nominatsiyasiga munosib deb topildim, bu g‘oliblik menga yana bir bor yuksak mas’uliyatni yukladi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+