Yuk va yo‘lovchi tashish tizimi takomillashtiriladi

17.03.2019, 07:17

Yuk va yo‘lovchi tashish tizimi takomillashtiriladi

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, respublikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning ustuvorligini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq jarayonni soddalashtirishga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda natijadorligi tadbirkorlar daromadini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, xalqimiz turmush tarzini yaxshilashga qaratilganligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ham ijobiy baholanmoqda.

Xususan, transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, respublikamizning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida Prezidentimizning joriy yil 6 martdagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risda”gi Qarori sohada yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilganligi, ayniqsa, transport xizmatlarini ko‘rsatishda bir qator cheklov va ortiqcha “qog‘ozbozliklar”ga chek qo‘yilganligidan dalolat beradi.

Jumladan, 2019 yil 1 iyuldan boshlab xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji to‘lash tartibi;

- Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ekologik talablarga mos keladigan yangi yuk va maxsus avtotransport vositalari, avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkama va yarim tirkamalar hamda transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlash;

- chek berish yoki yo‘lovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud bo‘lishi sharti bilan yo‘lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud bo‘lishi;

- avtomobil transportida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning hamda yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o‘tishi;

- avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amala oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud bo‘lishi kabi talablar bekor qilindi.

Bundan tashqari, 1 apreldan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki barobarga kamaytirilgan bo‘lsa, yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jixozlangan yengil avtomobillar yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan yo‘l qismida harakatlanishi, shuningdek, “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to‘xtashi mumkinligi yuzasidan imtiyozlar berildi.

Shu bilan birga, yuk va yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi tartiblarning joriy qilinishi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga yangi faoliyatlarini boshlashlarida hamda transport sohasini mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Jamshid JALOLOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi xodimi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+