Fermerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi

12.12.2017, 15:47

Fermerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi

Amanjan XOLMUROTOVA,

Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi “Dostonbek” fermer xo‘jaligi rahbari:

Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida har jabhada tub o‘zgarishlar, ijobiy ko‘rsatkichlar nomoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda birinchi marotaba “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”  nishonlangani ham  eng avvalo inson qadri ulug‘lanayotganidan ayniqsa, biz fermerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Ayni kunda tumanimizda jami 888 ta fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lib, shular qatorida men ham Yangibozor tumanidagi Dostonbek ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini 1999 yilda tashkil qilganman. Bugunga kelib, fermer xo‘jaligimda 67 gektar yer maydoni bo‘lib,  20 nafar yoshlar doimiy, 50 nafar mavsumiy ish bilan ta’minlangan. 

Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz turmush farovonligi ta’minlanishi, eksport salohiyati oshishida iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lmish qishloq xo‘jaligining roli nihoyatda katta.  Qishloq xo‘jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yaqinda bo‘lib o‘tgan “Tashabbus-2017” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rin, bundan tashqari, partiyamiz “Yoshlar qanoti” tomonidan o‘tkazilgan “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni egallashga musharraf bo‘ldim.

Mana shunday go‘zal kunlarimiz-taraqqiyotimiz va farovonligimiz,  obodlik va bunyodkorligimiz bardavom bo‘lsin!   Bayramlarimiz to‘ylarga, to‘ylarimiz bayramlarga ulanaversin.

Xamida SAPAYEVA,

Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “Ro‘zigul-Shaxina-Ixlosbek” fermer xo‘jaligi rahbari:

- Prezidentimizning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi yurtimizdagi eng sharafli kasb egalari bo‘lgan zahmatkash bobodehqonlarimiz qatorida mening ham qalbimda faxr va iftixor hislarini toshirib yubordi.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida mehnatlarimiz e’tirofi barobarida oldimizga qator vazifalarni qo‘ydi. Endilikda birinchi vazifamiz yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish borasida muhim samaraga erishishdir. Fermer xo‘jaligimizda 68 gektar yer maydoni bo‘lib, unda xozirgi kunda 13 nafar ishchi xodimlar xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari hosildorligi past bo‘lgan maydonlarida karam, kartoshka, sabzi. piyoz, sarimsoqpiyoz, mosh ekib, ham yerning unumdorligini oshirishga harakat qildik, ham ichki bozorlarimizni oziq-ovqat  mahsulotlari bilan ta’minladik. Xo‘jalikdagi paxtachilik va g‘allani ortig‘i bilan bajarib, Yurtboshimiz aytganlaridek o‘zimizning xissamizni qo‘shishimiz kerak, albatda.

Muborak JABBAROVA,

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Mamasolay” fermer xo‘jaligi rahbari:

— Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda fermerlik harakatiga asos solindi. Qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, yer egasini topdi.

Men bir ayol sifatida, bir ona sifatida, fermer sifatida shunday yurtda yashayotganimdan juda baxtliman, chunki men Istiqlol tufayli mulkdor bo‘ldim.

Bugungi kunda Urganch tumanidagi “Mamasolay” fermer xo‘jaligini boshqarmoqdaman. Fermer xo‘jaligimiz 2000 yili tashkil qilingan bo‘lib 60 gektar yer maydonida dehqonchilik qilamiz. Bugunga kelib, olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida fermer xo‘jaligimda 6 nafar yoshlar doimiy, 30 nafar mahalladoshlarim mavsumiy ish bilan ta’minlangan. 

Har yili fermer xo‘jaligimiz tomonidan davlatga pilla, g‘alla, paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejalarni ortig‘i bilan bajarib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan agrar sohani diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali biz-soha vakillarining daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlar bizni yutuqlar, yangi marralar sari undayotgani aniq. Jumladan, Xorazm viloyatida partiyamiz “Ayollar qanoti” tomonidan «Ishbilarmon ayol» ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, boshqa tumanlardagi fermer ayollar bilan tanishib, ular tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan o‘rtoqlashdik, o‘zaro tajriba almashdik, yangiliklarni ko‘rib o‘zimga kelgusi rejalarni belgilab oldim.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1687
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+