Deputatlar Andijon viloyat iqtisodiyot boshqarmasi hisobotidan qoniqdimi?

23.03.2019, 11:51

Deputatlar Andijon viloyat iqtisodiyot boshqarmasi hisobotidan qoniqdimi?

Xalq deputatlari O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ro‘zimuhammad Yunusovning hisoboti tinglandi.

R.Yunusovning aytishicha, Andijon viloyati katta iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatga ega. Xususan, 2018 yil yakuniga ko‘ra, respublikada ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 6,7, sanoat mahsulotlarining 11,8, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 10,9 foizi viloyat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

“Shuningdek, viloyatda hudud tasarrufidagi korxonalar tomonidan jami 170 mln. AQSh dolari miqdorida mahsulotlar eksport qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 171,1 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilingan. Bu esa ko‘zlangan natija 100,7 foizga bajarilganini ko‘rsatadi. Muhimi, 2018 yilda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlar doirasida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘m bo‘lgan 460 ta loyihalar ishga tushirilishi natijasida 13 ming 634 yangi ish o‘rnilari yaratildi”, – deydi R.Yunusov.

Hisobotdan ko‘rindiki, sohadagi rejalar ko‘rsatkichi yuqori, hatto ortig‘i bilan bajarilgan. Biroq deputatlar ham anoyi emas. Axborot tinglanish davomida tug‘ilgan savollar mutasaddi uchun bahona topishga imkon yaratmadi. Negaki, bajarilgan ishlarning chalasi yo‘q, yuz yorug‘.

“Yig‘ilishda o‘zimizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldik. Masalan, 2019 yil prognoz ko‘rsatkichlari bizni qiziqtirdi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash natijasida 2019 yilda yalpi hududiy mahsulot 107,5, sanoat mahsulotlari 108,5, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 102,5, qurilish ishlari 106 foizga o‘sishiga erishilishi ko‘zda tutilgan. Bu albatta, xalqimizga yanada munosib turmush tarzini yaratishga imkon yaratadi”, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhabbat Yuldasheva.

Yig‘ilishda deputatlar va mutasaddilar kelgusidagi rejali va tizimli vazifalar ijrosi yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Odinaxon TURG‘UNOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ikrom Sharipov2019-03-25 10:03:15

Rasm eski rasmku


Fikringizni qoldiring

+