O‘zLiDeP ko‘magida tomorqadan unumli foydalanuvchilar soni ko‘paymoqda

23.03.2019, 12:39

O‘zLiDeP ko‘magida tomorqadan unumli foydalanuvchilar soni ko‘paymoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘zlariga biriktirilgan xonadonlar, shuningdek, hududlaridagi xonadonlarda “O‘zLiDeP tomorqasida tadbirkorlikni boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida tomorqadan unumli foydalanish, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditlar olish  yuzasidan targ‘ibotlarni keng ko‘lamda davom ettirmoqdalar.

Xususan, Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashida ham targ‘ibotlar natijasi samarali bo‘lmoqda. Masalan, joriy yil avvalida tumanning Madaniyat MFY fuqarosi To‘lqin Turg‘unov partiya vakillarining tashviqotlari asosida tomorqasida parrandachilikni yo‘lga qo‘yish harakatiga tushdi. Natijada  unga Agrobank ATBning tuman filialidan mazkur maqsadda 8 mln so‘m kredit olishiga ko‘maklashildi. Ayni kunda fuqaro tomorqasida oila a’zolarining ish bilan band bo‘lganidan mamnun.

Yana shu mahalla fuqarosi Nurmuhammad Yusufjonov partiya faollarining targ‘ibotlari asosida tomorqasida issiqxona qurish istagini bildirdi. Unga partiyaning tuman Kengashida kerakli maslahatlar berilgach, agrobankning tuman filialiga ariza bilan murojaat qildi qildi va o‘z muddatida bank filialidan unga 16 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda uning tomorqasida 2 sotix maydonda mo‘jazgina issiqxona barpo etildi.

-Men O‘zLiDeP  faollaridan mamnunman, - deydi N. Yusufjonov. Tomorqamda ushbu issiqxonani barpo etishimda yaqindan yordam berishdi. Tomorqa daromad manbai deydilar. Shunga ko‘ra tomorqamizdan unumli foydalanishni maqsad qildik. Partiyadan mamnunligim ifodasi sifatida o‘zim ham shu partiya a’zosi bo‘lishga axd qildim.

Ta’kidlash joizki,  partiya tuman Kengashi ko‘magida tomorqasida tadbirkorlikni rivojlantirishga bel bog‘laganlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Partiya faollarinig mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibotlari esa tuman mahallalari bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Yulduz Yuldasheva

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1085
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+