Qonun ustuvorligi – bosh maqsadimiz

12.12.2017, 16:49

Qonun ustuvorligi – bosh maqsadimiz

Demokratik huquqiy davlatning asosiy shartlaridan biri fuqarolarning siyosiy-huquqiy bilimi yuksakligi, ular tomonidan qat’iy jamoatchilik nazorati o‘rnatilgani bilan belgilanadi. Inson o‘z huquqini tanimas, manfaat va erkinliklarini himoya qilolmas ekan, jamiyat rivojiga hissa qo‘shish tugul, o‘z kelajagini ham yarata olmaydi. Saylovoldi dasturimda poytaxtimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirishga e’tibor qaratdim. Aholining odil sudlovga ishonchini mustahkamlash uchun, avvalo, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunchilikni yanada takomillashtirish zarur. Jinoiy, ma’muriy qonunchilikni liberallashtirishni davom ettirish, iqtisodiy jinoyatlarning ba’zi turlarini dekriminallashtirish, mulkdorlar, tadbirkorlar, fermerlar va ishbilarmonlarning huquq va manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan me’yorlar va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish ayni yo‘nalishda qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar, deb bilaman. Bu borada sud-huquq sohasining ajralmas qismi – advokatura instituti yanada takomillashtirilsa va uning tarkibi malakali, boy hayotiy tajribaga ega kadrlar hisobiga to‘ldirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘p yillik tajribam, qolaversa “Javohir-humo” advokatlik byurosi direktori sifatida faoliyatim davomida ko‘p bor amin bo‘ldimki, boshqa sohalar kabi bizning yo‘nalishda ham malakali kadrlarga ehtiyoj katta.

Yaqinda Chilonzor tumanidagi 237-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan saylovchilar bilan uchrashuvda saylovoldi dasturim bilan tanishtirilgach, aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar maqsadimiz mushtarak ekanini tasdiqladi.

Darmon ESHIMBETOVA,

1-Beshyog‘och saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari

Chilonzor tuman Kengashi deputatligiga nomzod

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    3636
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+