O‘zLiDeP ko‘magida Yangiqo‘rg‘onda 5 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshlaydigan bo‘ldi

04.04.2019, 16:53

O‘zLiDeP ko‘magida Yangiqo‘rg‘onda 5 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshlaydigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yangiqo‘rg‘on tumanida Prezidentimizning “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimligining iqtisodiyot bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ilxomjon G‘ofurjonov mazkur qaror ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish markazi binosi foydalanishga topshirilgani, ushbu markaz oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan fuqarolarga doimo ko‘makdosh bo‘lishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, takliflari va muammolari tinglandi. 

Masalan, yangiqo‘rg‘onlik Mahfuza Ubaydullayeva o‘z xonadonida tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish niyatida. Shu bois, u xom-ashyo olish va mahsulotini realizatsiya qilishda maslahat va yordam zarurligini bildirdi.

Shu hududda yashovchi D.Jo‘rayeva va I.Mirzaboyevlar esa qoramolchilik bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytib, imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘rashdi. Bu masala yuzasidan partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan “Agrobank” tuman filialiga so‘rov chiqariladigan bo‘ldi.

–Hududimiz joylashgan Namangan-Nanay trassasi bo‘yidagi avtobekatni  “nol” qiymatda olib, zamonaviy ko‘rinishdagi bekatga aylantirdik, – deydi “Sutbuloq” mahallasida yashovchi Shamsiddin Qirg‘izboyev. –Endilikda bekat yonida oziq-ovqat mahsulotlarini sotish do‘koni qurishni rejalashtiryapmiz. Biroq qurilish ishlarini yakuniga yetkazish uchun mablag‘imiz yetmayapti. Partiyaga murojaatimizdan so‘ng muammoyimiz hal bo‘ladigan bo‘ldi.     

Tadbirda bildirilgan murojaatlar yechimi yuzasidan shu kunning o‘zida mutasaddi tashkilotlar bilan zaruriy  chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

                        Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    828
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+