Yoshlar uylarini ko‘paytirish – saylovchilarning ko‘nglidagi gap

12.12.2017, 17:02

Yoshlar uylarini ko‘paytirish – saylovchilarning ko‘nglidagi gap

– Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasida saylovchilar bilan ilk uchrashuvni amalga oshirdik. Sir emaski, har tomonlama rivojlangan, sog‘lom, erkin va o‘ziga ishongan yoshlargina kelajak bunyodkoridir. “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari shart!”, degan shiorga sodiq holda, yoshlarning kelajakka katta ishonch bilan yashashini ta’minlash uchun bor kuch va imkoniyatlarni ishga solish asosiy maqsadimdir. Buning uchun ularni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyalash, yosh oilalar uchun munosib
uy-joy va sotsial-maishiy sharoit yaratish, yoshlar uylarini barpo etish borasidagi
chora-tadbirlarning yanada samarali va o‘z vaqtida bajarilishi tarafdoriman.

Yosh olimlar va talabalar zamonaviy, ilg‘or uslub va texnologiyalarni egallashi lozim. Ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy va texnik g‘oyalarining sanoat nusxalarini ro‘yobga chiqarish, yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishga jalb qilish darkor deb hisoblayman. Shu maqsadda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari huzurida yoshlar innovatsiya markazlarini tashkil etish ayni muddaodir.

Ulug‘bek IShANXODJAYEV,

11-Katta hovuz saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari

Shayxontohur tuman Kengashi deputatligiga nomzod

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+