Navoiyda yangi tashabbus: O‘zLiDeP nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tomorqadan foydalanishiga ko‘maklashadi

04.04.2019, 16:59

Navoiyda yangi  tashabbus: O‘zLiDeP nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tomorqadan foydalanishiga ko‘maklashadi

Alisher Jumayev Konimex tumani “Guliston” MFY, Qurama qishlog‘ida istiqomat qiladi. Fuqaroning o‘zi ham, turmush o‘rtog‘i ham nogiron bo‘lgani sababli 11 sotixlik tomorqasiga ekin ekolmaydi.

“Ilgari tomorqamizga turli xil sabzavotlar ekib foydalanar edik. Lekin sog‘lig‘im yomonlashgani uchun ko‘p yillardan buyon ekin-tekin qilishga ilojim yo‘q. Ikkala oyog‘im ham protez. Bir safar chidolmay yer ag‘daraman deb protezimni sindirib ham qo‘ydim. Taqdirni qarangki, ayolimning ham bir oyog‘i yo‘q,” – deydi Alisher aka.

Shu kuni partiya viloyat va Konimex tuman Kengashi xodimlari tomonidan 1-guruh nogironi Alisher Jumayev tomorqasiga hashar uyushtirildi. Partiya vakillari tomonidan tomorqa ag‘darilib, tartibga solindi. O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari homiyligida 10 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Tashrif yakunida partiya Navoiy viloyat Kengashi apparat rahbari M.Eshniyozov A.Jumayev xonadonida tashkil etilgan “O’zLiDeP bog‘i” bu oilaga hayot ne’matlarini tuhfa etishini bildirib, xonadon sohibining tomorqa bilan bog‘liq barcha ishlariga ko‘mak berishni partiya Konimex tuman Kengashiga vazifa sifatida topshirdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    981
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мафтуна Исроилова партия фаоли2019-04-05 10:47:50

вилоят Аёллар қаноти ташаббуси билан ташкил этилган ушбу тадбир орқали савоб ишни хар ким килиш керак савоб ишни хар куни килиш керак деган наклни яна бир бор ёдга оламиз. олға Аёллар каноти фаолликни қўлдан бермай олға юр.


Fikringizni qoldiring

+