Tomorqa sohiblari minnatdor

04.04.2019, 17:05

Tomorqa sohiblari minnatdor

Partiyaning Bo‘ka tuman Kengashi xodimlari va “Shavkat o‘g‘li Azamat” fermer xo‘jaligidagi BPT a’zolaridan iborat ishchi guruh “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida tizimli ish olib boryapti.

Maslakdoshlarimiz bir oy ichida 10 marotaba joylarga chiqishdi, ko‘p masalalarda tomorqa sohiblariga ko‘mak berishdi. Chunonchi, 8 fuqaroning tomorqalari ekin ekishga hozirlandi, 1 ta  oilaga urug‘lik va ko‘chatlar olib berildi. Tomorqasida biznesini yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan bir oilaga esa bankdan imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashildi.

O‘tgan haftada ishchi guruh a’zolari “Kiyikchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi tomorqa egalari bilan uchrashdilar. Suhbatlar chog‘ida odamlarga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi, ularni qiynayotgan muammolar aniqlandi.

– O‘zLiDeP faollaridan minnatdorman, ularning yordami bilan tomorqamizda issiqxona qurdik, – deydi mazkur mahallada istiqomat qilayotgan Toshtemir Rahmonov. – Pomidor va bodringdan yiliga bir necha marta hosil yetishtirib,  yaxshigina daromad olishni mo‘ljallayapmiz. Farzandlarimiz ham ish bilan ta’minlangani nur ustiga nur bo‘ldi.

O‘zLiDeP  Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    2151
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+