BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

04.04.2019, 17:32

BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

O‘zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi qoshida 116 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti bo‘lib, ular o‘z atrofida 4 ming 100  nafar a’zoni jipslashtirgan. Ayni chog‘da shahardagi mavjud barcha quyi bo‘g‘inlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishlarda boshlang‘ich partiya tashkilotining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti hamda BPT raisi va o‘rinbosarini saylash, quyi bo‘g‘inning 2019 yil uchun ish rejalarini tasdiqlash kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.

Zarafshon shahar “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan BPTning navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishida ham ayni shu masalalarga e’tibor qaratildi.  

– Rahbar qachonki o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshsa o‘sha joyda o‘sish, rivojlanish bo‘ladi, – deydi BPT raisi M.Nizamova. – Shunday ekan, partiyamiz tomonidan bizlarga bildirilgan ishonchni oqlashga, o‘tgan yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, kelgusi yildagi belgilangan topshiriqlarni a’lo darajada bajarishga astoydil harakat qilamiz.

 –Shahrimizda siyosiy jihatdan yetuk, zamonaviy fikrlaydigan BPT raislari ko‘pchilikni tashkil etadi, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi  Sh.Xolmurodov. – Mazkur quyi bo‘g‘in raisi M.Nizomovani ham ana shunday fidoyi, faol va tashabbuskor raislardan desak, adashmaymiz. Chunki quyi bo‘g‘in tomonidan o‘tgan yil davomida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ibot-tashviqot qilish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilish so‘ngida quyi bo‘g‘inning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topilib, M.Nizamova BPT raisligiga qayta saylandi.

N.OTAMURODOVA,

O'zLiDeP Zarafshon

shahar kengashi

 apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1438
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+