Oilaviy tadbirkorligini katta korxonaga aylantirgan namanganlik Sohibjon akaning xonadonida mahorat darsi tashkil etildi

05.04.2019, 17:27

Oilaviy tadbirkorligini katta korxonaga aylantirgan namanganlik Sohibjon akaning xonadonida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi Prezidentimizning “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini aholi vakillari orasida ham targ‘ibot qilmoqda.

Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Namangan shahridagi “Yangi asr” MFYda yashovchi oilaviy tadbirkor Sohibjon Jo‘rayev xonadonida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot avvalida ishtirokchilar tadbirkor S.Jo‘rayev faoliyati bilan yaqindan tanishib,  tadbirkorlik sir-asrorlari bo‘yicha kerakli ma’lumot va yo‘l-yo‘riqlarga ega bo‘lishdi.

Dastlab o‘z faoliyatini  2013 yil mashina motorlarini tamirlashdan boshlagan tadbirkor S.Jo‘rayev 2017 yilga kelib 6 nafar ishchi bilan “Global tex group” oilaviy korxonasiga asos soldi. Mazkur oilaviy korxonada zamonaviy ofis va oshxona mebellari, maktab va tibbiyot jixozlari  ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bir yil ichida 700 million so‘m sof daromadga ega bo‘lgan tadbirkor Andijon, Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham o‘z haridorlariga ega bo‘ldi.

- 2018 yil faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida yer-joy masalasi yuzasidan partiyaga murojaat qilgandik, - deydi tadbirkor S.Jo‘rayev. – Partiyaning Namangan shahar Kengashi raisi Bahtiyor Voxidov ko‘magi bilan viloyat hokimi tomonidan Xonobod kichik sanoat zonasida 12 sotix yer ajratib berildi. Hozirda qurilish ishlari olib borilyapti. Korxonamiz ishga tushirilsa yana 20 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Bundan tashqari tinib-tinchimas tadbirkor tomorqadan samarali foydalanish borasida ham mahallaga o‘rnak bo‘lmoqda. Tomorqaga ekilgan sabzavot mahsulotlari o‘z oilasi ta’minotidan tashqari bozorga ham xaridorgir bo‘lmoqda.

O‘z oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib katta marralarni zabt etgan tadbirkor Sohibjon akaning tajribasi seminar ishtirokchilari uchun mahorat maktabini o‘tab berdi. 

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    820
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+