“GOLDEN PLASTIS PIPES” MChJda O‘zLiDePning quyi bo‘g‘ini tuzildi

05.04.2019, 17:34

 “GOLDEN PLASTIS PIPES” MChJda O‘zLiDePning quyi bo‘g‘ini tuzildi

Samarqand tumanidagi “GOLDEN PLASTIS PIPES” MChJ korxonasi 2016 yilda ish faoliyatini boshlagan. Hozirda korxonada asosan kurilish va montaj mahsulotlari, polepropilen quvurlar, fitiglar va profillar ishlab chiqarilmoqda. 

E’tiborlisi, shu kungacha MChJda 20 nafar ishchi-xodimning bandligini ta’minlagan bo'lsa 2019 yilda xorijdan yangi asbob-uskunalarni keltirish hisobiga yana 25 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Ma’lum qilinishicha, korxona o‘tgan davr mobaynida eksportga mo‘ljallangan 10 turdan ziyod kurilish montaj quvurlari ishlab chiqargan. Joriy yildan boshlab esa ularning soni 30 turdan oshgan. Korxona rahbarining aytishicha, korxona uchun mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichi birinchi o‘rinda turadi. Shu bois mutaxassislarning malakasini xorijda xususan, Xitoy xalq respublikasida oshirishga e’tibor qaratilmoqda. 

–Mahsulotlarimizga nafaqat respublikamizda balki Markaziy Osiyo davlatlari jumladan, qo‘shni Tojikistonda ham talabgorlar bor. 2019-2020 yillarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga ham eksport qilishni rejalashtirganmiz. Maqsadimiz, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart sharoitlardan oqilona foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotini gullab yashnashiga xizmat qilishdir, – deydi mazkur korxona direktori A’zam Akramov.

Yaqinda partiya Samarqand viloyat Kengashining bir guruh vakillari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish va tadbirkorlar bilan muloqot qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish maqsadida tashrif buyurdi.

Suhbat va muloqotlar davomida partiya faollari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida tushunchalar berildi.

Tadbir so‘nggida korxona qoshida O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilib, 10 dan ortiq ishchi-xodimlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Baxtigul QARSHIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    739
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Орзу2019-04-10 13:45:56

Golden plastic PIPES корхонаси билан 6 йилдан бери ишлайман махсулотлар сифатли талабга жавоб беради


Лолахон2019-04-09 18:15:08

Самарқанд туманидаги “GOLDEN PLASTIС PIPES” МЧЖ корхонасида уз миннатдорчилигимни билдираман, ишлаб чикарилаетган махсулотлари талабга жавоб берадиган олий даражада.


Гулчехра шаропова2019-04-05 21:09:01

Хакикатдан хам ушбу корхона ишлаб чикараетган кувурлар сифатли. Чунки бизлар бу кувурлардан фойдаланганмиз. Бундай тадбиркорларни куллаш керак


дилафруз2019-04-05 20:41:56

ижоий фикрдаман яхши ишлаб чикариш корхонаси ташкил этилипти.


Абдуллаева Дилафруз2019-04-05 20:39:14

Жуда керакли ишлаб чик'ариш корхонаси ташкил этилибти.Шундай тадбиркорларга рахмат.К'анча одамлар иш Билан та'минланган.Худудларни ик'тисодий ривожланишига олиб келади


Fikringizni qoldiring

+