BPT raisi ishonchni oqladi

08.04.2019, 18:23

BPT raisi ishonchni oqladi

Joylarda bo‘lgani kabi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi qoshida faoliyat olib borayotgan tayanch nuqtalarda ham hisobot-saylov yig‘ilishlari ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, Xiva “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi qoshidagi BPTda o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida quyi bo‘g‘inning rais va rais o‘rinbosarlarini tayinlash, o‘tgan yilgi faoliyatini sarhisob qilish barobarida boshlang‘ich partiya tashkilotining joriy yildagi dasturiy maqsad va g‘oyalari, ish rejalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Ravshan Sheniyazov raislik qilayotgan mazkur boshlang‘ich partiya tashkiloti o‘zining ahil jamoasi, tashabbuskorligi, imkoniyati cheklanganiga qaramasdan turli ijod bilan shug‘ullanuvchi partiyamiz faollarining o‘zaro hamkorligi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur BPTda a’zolarimiz soni bugungi kunda 106 nafarni, shundan 68 nafari ayollarni tashkil etadi.

“Har yili o‘tkaziladigan hisobot-saylov jarayonlarida quyi bo‘g‘in a’zolari boshqa rais tayinlashni hatto o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Deputat va quyi bo‘g‘in raisi sifatida o‘z ishini to‘g‘ri tashkil etib, jamoasiga katta imkoniyatlar yaratib bergani, ularni foydali mehnatga jalb qilib, tomorqadan unumli foydalanishga, ijod qilishga undagani har bir insonning hayotga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi”, –deydi partiya Xiva tuman Kengashi apparat rahbari Shuxrat Atajanov.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in faoliyatiga yuqori baho berilib, ishonchni oqlagan Ravshan Sheniyazov qayta BPT raisligiga saylandi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda mazkur tayanch nuqta O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” Respublika ko‘rik-tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.     

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazim viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    759
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+