Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yoshlar bilan uchrashdi

08.04.2019, 18:26

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yoshlar bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Jizzax politexnika institutida “Deputat va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Xalq vakili Erkin Xolbo‘tayev va talaba yoshlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati, parlamentda ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan qonunlar mazmun - mohiyati haqida ishtirokchilarga kengroq ma’lumotlar berildi.

Deputat joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalar ekan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, bolalar va yoshlarni kitobga oshno qilish borasida partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Erkin Xolbo‘tayevning ta’kidlashicha, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodni ulug‘ bobolarimizga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir. Chunki yosh kitobxonlar safining ortishi, navqiron avlodning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksalishi, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborning kuchayishiga xizmat qiladi. 

Tadbirda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    896
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+