O'zLiDeP faoli “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

08.04.2019, 18:29

O'zLiDeP faoli “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashidagi 48 ming nafardan ortiq safdoshlarimizning 20 mingdan ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida iqtidorli, izlanuvchan, faol va  tashabbuskor qizlarimiz ko‘p. 

Ana shunday yoshlardan biri Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Guloyim Jumabayevadir. Nega desangiz, yaqinda u “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Sportga bolalikdan mehr qo‘yganman. Shu bois, sportning dzyudo, milliy kurash va sambo bilan muntazam shug‘ullanib kelaman. Hozir xotin-qizlar uchun fitnes klubi ochganmiz. Klubda asosan qizlar salomatligini mustahkamlash, ortiqcha vazndan holi bo‘lishida ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligini o‘rgatyapmiz”, – deydi  Guloyim.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, bugun qahramonimiz sportning dzyudo, milliy kurash va sambo bo‘yicha sport ustasi, dzyudo bo‘yicha Toshkent gran-prisi g‘olibasi, Osiyo kubogi sovrindori hisoblanadi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    182
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+