Quyi bo‘g‘in yetakchisi qayta saylandi

08.04.2019, 18:47

Quyi bo‘g‘in yetakchisi qayta saylandi

O‘zLiDeP Shumanoy tuman Kengashi qoshidagi “Barkamol avlod” markazida faoliyat yuritayotgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in yetakchisining 2018 yildagi ish faoliyati sarhisob qilinib, 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlab olindi.

Quyi bo‘g‘in yetakchisi Bazargul Gubenovaning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida BPT markaz faoliyatini kengaytirish va o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qator takliflarni ilgari surgan. Markaz tashkil etilgan vaqtda 6 to‘garak faoliyat boshlagan bo‘lsa, hozirda ularning soni 25 taga yetgan. Eng muhimi, to‘garaklarga 600 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar jalb qilingan.

Yig‘ilish yakunida BPTning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga Bazargul Gubenova qayta saylandi.  

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    779
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+