Partiyaning asosiy ish faoliyati quyi bo‘g‘in va deputatlik korpusi bilan chambarchas bog‘liq

09.04.2019, 16:23

Partiyaning asosiy ish faoliyati quyi bo‘g‘in va deputatlik korpusi bilan chambarchas bog‘liq

 Shu kunlarda partiyaning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritib kelayotgan BPT hisobot-saylov yig‘ilishida quyi bo‘g‘inning 2018 yildagi ish faoliyati sarhisob qilinib, 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlab olindi.

Ta’kidlash joizki, hozirda partiyaning Qo‘ng‘irot tuman Kengashi tarkibida 3 ming 331 safdoshlarimiz 61 ta quyi bo‘g‘inga birlashgan holda faoliyat yuritmoqda. Partiyaning asosiy ish faoliyati ham quyi bo‘g‘in va deputatlik korpusi bilan chambarchas bog‘liq.

- O‘tgan yillar davomida bizning boshlang‘ich partiya tashkilotimiz aholi bilan bevosita yuzma-yuz muloqotlar qilib, aniqlangan muammolarni partiya deputatlik guruhlari orqali ijobiy yechim topishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda, – deydi “Turon” MFY qoshidagi BPT raisi G.Kelimbetova. – Bundan tashqari partiya faollari bilan birgalikda aholini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun tajribali tadbirkor va tomorqachilarni jalb qilgan holda mahorat darslari o‘tkazib kelinmoqda. Maqsadimiz ozroq bo‘lsada aholiga beminnat yordam ko‘rsatish, ularning farovon turmush kechirishida o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat. Bu kabi amaliy ishlar quyi bo‘g‘in yetakchilarning doimiy ish vazifasiga aylanadi. 

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in faoliyatiga yuqori baho berilib, ishonchni oqlagan Guliston Kelimbetova qayta BPT raisligiga saylandi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    850
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+