“O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya olis hududlardagi maktablarda davom etmoqda

09.04.2019, 16:31

“O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya olis hududlardagi maktablarda davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida respublikamizning eng olis hududlarida tahsil olayotgan maktablarda “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya o‘tkazib kelinyapti.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilishdan iborat.

Bu borada O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi tomonidan ham eng chekka hududlarda joylashgan maktab o‘quvchilari ishtirokida qator ma’naviy-ma’rifiy kitobxonlik uchrashuvlari tashkil etilyapti.

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Surayyo Hamroyeva tumandagi 34-umumta’lim maktabida bo‘lib, faol yoshlar bilan uchrashdi.

- Partiyamizning yoshlarni kitobxonlikka chorlovchi aksiyasi doirasida ushbu maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilib, ularga ko‘plab badiiy adabiyotlar, maktab darsliklarini tuhfa qildik, - deydi deputat S.Hamroyeva. - Kitobga oshno qalbdan yomonlik chiqmaydi. Kitob insonga oqni qoradan ajratishni o‘rgatadi. Shu sababli unga nisbatan shoirlar tomonidan insonning “eng sodiq do‘sti”, “yo‘lchi yulduzi” degan iboralar bejizga aytilmagan.

“O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+