Prezidentimizning Buxoroga tashrifi yuzasidan O‘zLiDePning ustuvor vazifalari muhokama qilindi

09.04.2019, 17:07

Prezidentimizning Buxoroga tashrifi yuzasidan O‘zLiDePning ustuvor vazifalari muhokama qilindi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida joriy yilning 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida bir qator yirik loyihalar, yangi tashkil etilgan korxonalarni ko‘zdan kechirib,  tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan bir qatorda davlatimiz rahbari tegishli vazirliklar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, viloyat, tuman, shahar hokimliklari vakillari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, ular oldida qator ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman (shahar) Kengashi deputatlik guruhi rahbarlari, BPT raislari, partiya faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimizning Buxoro viloyatiga qilgan tashriflari doirasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda partiya oldidagi muhim yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi chog‘ida bildirilgan fikr mulohazalari, aniq yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalari O‘zLiDePning barcha bo‘g‘inlari uchun ham muhim dasturamal vazifa bo‘lishligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

- Partiyamizning viloyat, tuman (shahar) Kengashlari mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, quyi bo‘g‘in yetakchilari, partiya faollari zimmasida bugun har qachongidan ko‘ra yuksak mas’uliyat borligini his qilib turishi lozim, - deydi O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi Farmon Aminov. – Partiyamiz vakillari Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni ijrosini ta’minlashda, xususan, xalqimiz uchun munosib sharoit yaratish, hududlarning sanoat salohiyatini yuksaltirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, ko‘plab ish o‘rinlarini yaratishda faolroq bo‘lishi talab etiladi.  

Partiyaning barcha bo‘g‘inlardagi vakillari, mahalliy kengashlardagi  deputatlik guruhlari qator tashkilotlar bilan birgalikda mustahkam hamkorlikda ish olib borishlari talab etiladi. Xususan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini tahlil etish, aholini oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish, ularga yaqindan ko‘maklashish, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan kamchilik va nuqsonlarni mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari orqali bartaraf etish borasida aniq vazifalarni belgilab oldik.

Tadbirda viloyatda turizm sohasini taraqqiy ettirish, jumladan, zamonaviy mehmonxonalar barpo etish, turistik yo‘nalishlarda qulay va zamonaviy transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, aviaqatnovlar sonini oshirish, Buxoroni “Sayohatlar chorrahasi”ga aylantirishda partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va xorijiy investorlarni faol jalb qilish borasida partiyaning hissasi bo‘lishligi aytib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari tashrifi chog‘ida bugungi kunda Buxoro viloyatida 35 mingdan ziyod ayol ish bilan ta’minlanganligi, xotin-qizlar jinoyatchiligining saqlanib qolayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu o‘z navbatida O‘zLiDeP faollarining mahalla instituti mutasaddilari, xotin-qizlar qo‘mitalari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borishlarini taqazo etadi.

Yig‘ilish yakunida  Prezidentimiz tashrifi chog‘ida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqadigan partiyaning tegishli chora-tadbirlar dasturi belgilab olindi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    831
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+