Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlandi

09.04.2019, 18:06

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlandi

Amir Temur — o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko‘tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug‘ sarkarda tavalludining 683 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda. O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Respublika ma’naviyat ma’rifat markazi Toyloq tuman bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuman bo‘linmasida sohibqiron tavalludiga bag‘ishlab tadbir uyushtirildi.

Unda so‘zga chiqqanlar sohibqiron nafaqat o‘z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, balki Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan Shaxs ekanini ta’kidlashdi.

– Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida axloqiy-ma’naviy mezonga aylangan. Ulug‘ ajdodimiz o‘z tuzuklarida “...amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yo biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech nima olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘sinlar”, deb yozadi. Ana shunday adolat asosida o‘rnatilgan tartib-taomillar mamlakatda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlagan, odamlarni halol mehnat qilishga, tadbirkorlik, yaratuvchanlik ruhi bilan yashashga undagan,- dedi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari  Ziyodullo Avazov.

Tadbirda  shuningdek , O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Milliy Gvardiyaning Toyloq tuman bo‘linmasi kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

– Bugungi uchrashuvda xarbiylarimizga partiyamiz tomonidan Buyuk sarkarda Amir Temur xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar sovg‘a qilindi.Ushbu kitoblar yoshlar uchun ma’naviy ozuqa bo‘libgina qolmasdan, ularning hayot yo‘llarini yoritishda shamchiroq bo‘lib xizmat qiladi,- deydi    O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Nasiba Mo‘minova.

Tadbir so‘nggida Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish eshitildi.

  • Ko'rildi
    2224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари.2019-04-10 08:59:30

Бу ўткарилган тадбир жуда намунали ва тарбиявий аҳамиятга эга.Айниқса ёшларимизни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялашдаги роли катта деб ҳисоблаймиз.


Fikringizni qoldiring

+