BPTlarning faolligi ular soni bilan emas, balki amalga oshirgan ishlari bilan belgilanadi

09.04.2019, 18:28

BPTlarning faolligi ular soni bilan emas, balki amalga oshirgan ishlari bilan belgilanadi

Ayni kunlarda Jizzax viloyatining barcha tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan O’zLiDeP tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlaridagi hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy va amaliy ruhda sarhisob qilinyapti. Buni quyi bo‘g‘in a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda anchagina faollashgani hamda partiya saflariga o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlaridan keyin ko‘plab g‘ayratli, fidoiy yoshlarning qabul qilingani bilan izohlash mumkin.

Hozirgi kunda  O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida o‘z saflariga 34913 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 706 ta BPT faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlaridan keyingi vaqt davomida 65 ta yangi BPT tashkil topganini, maslakdoshlarimiz soni esa 17900 nafarga ko‘payganini bildiradi.

Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hayot bilan hamnafasligi, faolligi ular soni bilan emas, balki amalga oshirgan ishlari bilan belgilanadi. Hisobot-saylov davrida aynan maslakdoshlarimizning faolligi, tashabbusi bilan hududlardagi bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z yechimini topdi. Xususan, “ROISON  HOME WHITE GOODS” MChJ Qo‘shma korxonasi qoshida tashkil etilgan BPT “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq, deb topildi. Xalq deputatlari tuman (shahar) viloyat Kengashi sessiyalariga kiritilgan jami 25 ta masalada ham quyi bo‘g‘in a’zolarining hissasi katta bo‘ldi. Biroq, bu albatta yetarli emas. Shu sabab, har bir hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy va amaliy ishchan ruhda o‘tayotgani bilan ajralib turibdi. Birgina misol, shu kungacha bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida 27 nafar yetakchining hisoboti maslakdoshlarimiz tomonidan qoniqarsiz, deb topilib, ular o‘rniga g‘ayratli, faol, fidoiy partiyadoshlarimiz saylandi.

Boshlang‘ich partiya tashkilotlarning hisobot-saylov yig‘ilishlarida o‘tgan yillardagi faoliyati va joriy yilda qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilinyapti.

“Jasurjon Mannon o‘g‘li” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi ham ana shunday ishchanlik ruhida tashkil etildi. 25 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotiga xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Jahongir Eshonqulov yetakchilik qilmoqda. Aynan deputat va quyi bo‘g‘in a’zolarining o‘zaro hamjihat va hamfikrliligi ko‘p jihatdan ularning faolligini belgilab beradigan omillardan biri bo‘lmoqda. Hisobot-saylov davrida ular tashabbusi bilan uy-joylarni ta’mirlash, obodonchilik, nafaqa va boshqa 7 ta turli masalalar mutasaddi tashkilotlarga, tuman hokimligiga kiritilib, ijobiy yechim topdi. Hisobot-saylov yig‘ilishida ham partiyadoshlarimiz nafaqat amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, balki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ham o‘z fikr va mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tdilar.

Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida, bugungi kunda partiya hayotidagi eng dolzarb bo‘lib turgan – boshlang‘ich partiya tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, siyosiy adabiyotlar, tarqatma materiallar bilan ta’minlash masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.  Chunki, so‘nggi yilda boshlang‘ich partiya tashkilotlari a’zolari sonining keskin oshishi, joylarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari uchun yetarlicha sharoit yaratishni ham talab qilmoqda.

Xolbek Asatov

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Bosh konsultanti

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    824
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+