Quyi bo‘g‘in yetakchilari ishonchni oqlashdi
10.04.2019, 17:04
O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi qoshidagi 94 ta BPT 2886 nafar a’zolarni o‘z safiga jipslashtirgan. Ayni chog‘da mazkur quyi bo‘g‘inlar partiya maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish, joylarda to‘planib qolgan muammolarni hal etishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
Masalan, “Foiz” xususiy firmasi qoshida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in ham partiyani xalq bilan bog‘laydigan, g‘oyaviy maqsadlarini targ‘ib qilishda asosiy rol o‘ynaydigan tayanch nuqtalardan biri sanaladi. Chunki bugun ushbu BPT a’zolari xalqni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga jiddiy kirishgan.
BPT raisi Gavhar Matnazarovaning aytishicha, quyi bo‘g‘in korxona qoshida 2002 yilda 5 nafar a’zo bilan tashkil etilgan. Asosan maxsus kiyim-kechaklar ishlab chiqarayotgan korxona ishchi-xodimlarining barchasi tayanch nuqta atrofida birlashgan.
“Besh yildan buyon shu korxonada faoliyat ko‘rsataman. Har yili hisobot-saylov yig‘ilishida qatnashib, o‘z fikrimni bildiraman. Partiya viloyat Kengashi va deputatlar bilan ko‘plab tadbirlar, ko‘rgazmalarda qatnashamiz. Ochig‘i, partiya a’zosi bo‘lganim menga siyosatga, ishlab chiqarish va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishimni yanada oshirdi”, – deydi BPT a’zosi Zamira Sobirova.
“Madaniyat” MFY qoshidagi BPT yetakchisi G.Sultanova ham partiya ishini kun sayin jonlantirishga astoydil harakat qilib kelayotgan faollardan. Boisi, u 101 nafar hayrihoxlarimiz bilan birga tunu kun xalq xizmatida.
“Yetakchi qanchalik tashabbuskor bo‘lsa, quyi bo‘g‘in tomonidan amalga oshirilayotgan g‘oyaviy-siyosiy, tashkiliy-partiyaviy ishlar shunchalik samara beradi. Doimo elning dardu tashvishlari bilan yashab, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda tashkilotchilik qilayotgan faollarimizning fidokorliklari bois partiyamiz nufuzi yildan-yilga oshib boryapti”, – deydi partiya Qo‘shko‘pir tuman Kengashi ijrochi kotibi Sardor Sobirov.
Tumandagi “Nurulla” fermer xo‘jaligi 1995 yilda tashkil topgan. Xo‘jalik qoshidagi partiya quyi bo‘g‘ini esa 2004 yilda tuzilgan.
BPT raisi N.Nurullayevning ta’kidlashicha, 35 nafar a’zoni birlashtirgan quyi bo‘g‘inning asosiy maqsadi – har bir qarich yerdan unumli foydalanish, har bir oilada issiqxonalar qurish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Yig‘ilishlar davomida har uchala quyi bug‘inning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, 2019 yildagi ish rejasi tasdiqlab olindi.
Yig‘ilish yakunida BPTlar faoliyati qoniqarli deb topilib, quyi bo‘g‘in yetakchilariga qayta ishonch bildirildi.
Durdona QABULOVA,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
STM rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring